O'zbekiston Biznesni Rivojlantirish Uyushmasi

Savol va Javoblar

Uyushma barcha mahalliy korxonalarni o’z a’zoligiga qabul qiladi. Tashkilotni moliyalashtirish a’zolik badallari evaziga amalga oshiriladi!
Uyushma tomonidan biznesingizni rivojlantirishga doir har qanday to’siqlarni bartaraf etishga amaliy yordam beriladi. Shuningdek, o’z faoliyatingizni kengaytirishni istasangiz xorijiy investorlar bilan ishlash imkoniyatini ham uyushmaga a’zo bo’lish orqali qo’lga kiritasiz. Investorlarga esa O’zbekiston hududida o’z loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish orqali talaygina qulayliklar yaratilib beriladi. Eng muhimi hammasi ishonchli va foydalidir
“O’zbekiston biznesni rivojlantirish” uyushmasi chet eldan kelgan investorlarning faqat taklif qilingan loyihalarinigina o’rganib qolmay ularning chet eldagi faoliyati, hamkorlari va statuslarini ham o’rganib chiqadi. Zero, biz ishonchli va halol hamkorlik tarafdorimiz!